Unda yurtimiz sportchilaridan tashqari Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston, Qirgʻiziston kabi davlatlardan 50 ga yaqin kuchli para triatlonchilar gʻoliblik uchun bahs olib boradi. Ushbu qitʼa birinchiligida yurtimiz sharafini 6 nafar para triatlonchimiz himoya qiladi. 

Terma jamoamiz tarkibi: Ilhomjon Eshonqulov, Rustamjon Sotiboldiyev, Mashhurbek Abdusamatov, Saidakbar Gʻoziyev, Mirjalol Qurbonov, Abdulaziz Eshboyev.

Musobaqa dasturiga koʻra, sportchilar quyidagi bellashuvlarda qatnashadi:

Suzish - 750 metr, 

Velosipedda - 20 km,

Yugurish - 5 km ,

Sportchilar dastlab suzish, keyin velosiped, soʻnggi boʻlib yugurish poygalarida oʻzaro bahs olib boradi.