Musobaqada qatnashayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari kecha yarim finalda Hindistonni magʻlubiyatga uchratishgandi. Xususan, ushbu bosqichda shaxmatchilarimiz 1-turda 2:2 hisobida durang, 2-turda esa 2,5 : 1,5 hisobida gʻalabaga erishib, final yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi.
Endi vakillarimiz bugun finalda Xitoy terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Xitoyliklar yarim finalda Ispaniyadan ustun kelishdi.
Mazkur qarama-qarshilik Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.