Mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi xabariga ko'ra, yurtimizga uchgan «Uzbekistan Airways» AJ samolyoti bortiga yosh bolali va homilador ayollar, nogironlar, shuningdek Turkiya klinikalarda davolangan bemor fuqarolarimiz kiritildi.

Mamlakatimiz Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan ma'lumotlarga qaraganda, so'nggi ikki hafta ichida uchta reys bilan 650 nafardan ortiq fuqarolarimiz Vatanga qaytishgan. 

YAngi jadvalga ko'ra, navbatdagi aviaqatnov joriy yilning 19 iyunida tashkil etiladi.