Joriy yilning 30-mart kuni quyidagi yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlari qatnovi ham bekor qilinadi:

— 733-sonli “Andijon — Toshkent”;

— 730/729-sonli “Toshkent — Andijon — Toshkent”;

— 92-sonli “Toshkent — Andijon”;

— 94-sonli “Toshkent — Andijon”.

Shu bilan birga, ayrim yo‘nalishlardagi poyezdlar harakati quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

— 2026-yil 30-mart kunli 125/126-sonli “Andijon — Xiva” poyezdi Toshkent Janubiy bekatidan Xiva bekatigacha amaldagi jadval asosida harakatlanadi;

— 2026-yil 30-mart kuni 129/130-sonli “Andijon — Termiz” poyezdi Toshkent Janubiy bekatidan Termiz bekatigacha amaldagi jadval asosida harakatlanadi.