Milliy olimpiya qoʻmitasi xabariga koʻra, 24-26-iyun kunlari oʻtadigan bahslarda 30 mamlakatdan 250 nafardan ortiq dzyudochi gʻoliblik uchun bahs olib boradi. Bugun anʼanaga muvofiq, musobaqaning rasmiy matbuot anjumani va bellashuvlarga qurʼa tashlash tadbiri boʻlib oʻtdi. Umumiy mukofot jamgʻarmasi 154 ming yevroni tashkil etuvchi musobaqaning birinchi kuni shuningdek, yengil vazn toifasida gʻolib va sovrindorlar nomi maʼlum boʻladi.

Bugun tatamiga chiquvchi dzyudochilarimiz:

-60 kg: Kemran Nurillayev – Sogt-Ochir Byambajav (Moʻgʻuliston)

-66 kg: Rahimjon Subhonov – Yeldos Smetov (Qozogʻiston)

-66 kg: Sardor Nurillayev – Xekim Agamahamedov (Turkmaniston) / Sod-Erdene Gunjinlxam (Moʻgʻuliston)

-48 kg: Gulnur Muratbayeva – Jeronay Uaytbu (JAR)

-52 kg: Diyora Keldiyorova – Lin Xsu (Xitoy Taypeyi)