Bugundan UzAuto Motors Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarining yangilangan komplektatsiyalari uchun shartnoma berishni boshlaydi

    Sanoat 25 May 2023 2434

    UzAuto Motors Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarining yangilangan komplektatsiyalar qatori uchun shartnomalar tuzish boshlanganligini maʼlum qildi. Shu bilan birga, shartnoma uchun ochiq boʻlgan avvalgi komplektatsiyalarning narxi oʻzgarishsiz qoladi.

    Chevrolet Tracker va Onix avtomobil modellari oʻzining dizayni, qulayliklari va ilgʻor texnologiyalari bilan tan olingan ommabop avtomobil modellari hisoblanadi. Yangilangan komplektatsiyalar avtomobil egalarining shaxsiy istak va talablariga koʻra avtomobilni sozlashda yanada koʻproq imkoniyatlarni taklif etadi.

    Bugundan boshlab, quyidagi modellarga shartnoma rasmiylashtirish mumkin:

    Chevrolet Tracker

    Avvalgi komplektatsiyalar:

    LS – 211 454 880 soʻm.
    LTZ – 231 196 000 soʻm.
    Premier – 251 142 080 soʻm.

    Qoʻshimcha opsiyalarga ega yangilangan komplektatsiyalar:

    LS Plus – 223 824 160 soʻm.
    LTZ Plus – 246 981 280 soʻm.
    Premier Plus – 276 016 160 soʻm.
    Redline – 285 834 080 soʻm.
    Chevrolet Onix

    Avvalgi komplektatsiyalar:

    Premier 1 – 207 347 000 soʻm.
    Premier 2 – 214 748 000 soʻm.

    Qoʻshimcha opsiyalarga ega yangilangan komplektatsiyalar:

    Premier 2 Plus – 221 640 160 soʻm.
    Redline – 230 624 800 soʻm.

    Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarining barchaga tanish komplektatsiyalarida boʻlgan jamiki asosiy opsiyalariga qoʻshimcha ravishda, Plus komplektatsiyasi barcha “Isitish tizimi” opsiyalari bilan, jumladan rul, old va orqa oʻrindiqlar (orqa suyanish joyi bilan) yon oynalar, old labovoy oyna isitish tizimi opsiyalari bilan shuningdek, qoraytirilgan orqa va orqa yon oynalar, dvigatel himoya karteri va qoʻshimcha qulay opsiyalar bilan jihozlanadi.

    Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarining taniqli Redline komplektatsiyasi ham xuddi avvalgilaridek, oʻziga xos dizayni va qizil chiziqlari bilan ajralib turadi.

    Chevrolet vakolatli dilerlik markazlarida, shuningdek UzAutoSavdo ilovasida (iOS/Android) avtomobillar uchun shartnoma tuzish mumkin.

    Avtomobil haqida batafsil maʼlumotni +99878 141 7777 telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilib bilishingiz hamda UzAuto Motorsning rasmiy saytlari www.uzautomotors.com va www.chevrolet.uz dan olishingiz mumkin.

    UzAvtoSavdo_bot rasmiy Telegram boti orqali shartnoma boʻyicha avtomobil holatini tekshirishingiz mumkin.