Avvallari “deputat” deganda odamlar ko'z o'ngida majlislarda qo'l ko'tarib, qo'l tushirib o'tirgan shaxs sifatida gavdalangan bo'lsa, bugun har bir deputat o'z oldiga katta ishlarni maqsad va vazifa sifatida qo'ygan. Zimmasidagi mas'uliyatni dildan his etib xalq orasida ish olib borayotir.
Prezidentimizning “Deputatga ishonch — xalqqa ishonch” degan so'zlari deputatlar obro'sini oshirib, ularning xalq orasida alohida o'rni borligini ko'rsatib berdi. endi deputat xonada o'tirib emas, xalq orasida yurib, o'zi belgilab olgan yo'l xaritasi asosida ish tutmoqda.
Deputatlarning “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “YOshlar daftari”ga kiritilganlar qanchalik haqqoniy tanlanganini o'rganayotganini misol sifatida keltirish mumkin.
eng muhimi, odamlarimizda shukronalik hissini sezish qiyin emas. Kuni kecha kirib borgan xonadonimiz egasi 6 nafar farzandi borligini aytadi. “Katta tomorqamiz bor, o'sha erda ishlaymiz. Bozordan biror narsa sotib olmaymiz, hammasini o'zimiz etishtiramiz. Kiyim-kechak demasak, go'sht, tuxum ham o'zimizdan chiqadi, tovuq go'shti, qo'y go'shti bilan qozonimiz qaynaydi. Bir tarafda karam, bodring, bulg'or qalampiri, u tarafda qovun, tarvuz, handalak etishtiryapmiz. Issiqxonamizda bularning ertapishar navlari bilan birga tsitrus mevalar ham mavjud. Xullas, mehnat qilgan rohatini ko'radi. SHu o'rinda yana bir muhim jihatni aytib o'tmoqchiman: farzandlar tarbiyasida mehnatning o'rni katta. Bolalarning bo'sh vaqti yo'q, qo'shimcha mashg'ulotlar uchun ham vaqt ajratishadi. Jismoniy mehnat aqliy mehnatga katta yordam ekanini amalda ko'ryapmiz”, deydi.
Navbatdagi xonadon egasi yangi uyga ko'chish taraddudida…
— Bilasizmi, 63 yil yashabman 4 xonali uyda, vaqti kelibdi — buzilishga tushdi. Rohatijon uyda yashash mumkin ekan-ku, hozir eski uyim buzilyapti, o'rniga yangi uy berildi. Issiq-sovuq suv, oshxona, vanna, kanalizatsiya — hammasi badastir. Ayol sifatida yashash bilan yashashning farqi borligini tushundim, — deydi 63 yoshli onaxon. — Hokimimiz kelib “Onaxon, nima xizmat?” deganida, “Bolam, ayt, tezroq yangi uyimga o'tay, o'sha aytganlariday balkon degich joydan shahrimiz ko'rkamligini kuzatib, bir piyola issiq choydan ichib, tepadan kuzatish zavqli ekan-da, deyin, dedim. YAqinda ko'chib chiqqan dugonamning uyiga borsam, qaytgim kelmay qoldi, hamma sharoiti ichida, iqlimga moslashtirilgan, uy devorlarini silab-silab qo'ydim.
Ha bunaqangi gaplarni eshitgan kishida ishlash zavqi oshadi.
Ammo “besh qo'l barobar emas”, deganlari rost ekan. SHundoqqina yonimizdan o'tib ketayotib bizga murojaat qilgan ayol “Biznikiga ham o'tinglar, besh nafar bolam bor, sharoitim og'ir”, deb qoldi.
Kirdik, hovli bir ahvolda. Temir-tersaklarning betartibligi, yuviqsiz sochiq, yig'ilmagan o'rin-to'shaklar, sinib-sochilib yotgan bolalar o'yinchoqlari bizni hayron qoldirdi.
— Onaxon, kechirasiz, katta farzandingiz necha yoshda? — deb so'radim.
— Uch o'g'lim ishsiz, qizlarim nevaralarim bilan uyda, bir bolam maktab o'quvchisi, shunga moddiy yordam bersin mahalla…
— Nega ishsiz? — deb so'radim yana.
— Katta o'g'limning tobi yo'q, keyingisi kirakash edi, moshinasini oldirib qo'ygan.
— Nega?
— Sal ichgan ekan, yana bilmasam…
Xullas, bu kabi holatlar ham yo'q emas. Ammo deputatlarning uyma-uy yurishi davom etar ekan, ko'proq ayollarning kayfiyati, gaplari, hayotga munosabatini o'rganib, hayron qoladi kishi: nega bugungi ayollar sabr-matonatini yo'qotishdi? Nega o'zini o'tga-cho'qqa urib, tarbiyani unutib qo'yishdi?!
YAqinda “Mehnatkash deputat”, “Xalqparvar deputat” va “Adolatli deputat” kabi maqomlarning berilishi deputatlarga qaratilayotgan e'tibor va e'tirofning samarasi bo'ldi.
Prezidentimizning “O'zimiz o'zimizga xiyonat qilmasak, o'zimiz o'zimizni aldamasak, halol-pok bo'lib mehnat qilsak, men aminman, ko'zlagan barcha marralarimizga albatta etamiz. Bu borada men avvalo ko'p sinovlardan yorug' yuz bilan o'tgan olijanob xalqimizning mustahkam irodasi va bunyodkorlik salohiyatiga ishonaman”, degan gaplari biz, deputatlar uchun dasturulamal hisoblanadi.
Dilbar NORMURODOVA,
Xalq deputatlari Termiz shahar kengashi deputati,
“Adolatli deputat” nominatsiyasi sohibasi