Hozir o‘nlab nabira va evaralar qurshovida keksalik gashtini suryapti. Bayram arafasida uning xonadoni yanada fayzu tarovatga boyidi.
Farg‘ona viloyat Kengashi deputati Askar Kadirov tashabbusi bilan bir guruh faollar M.Yusupov xonadoniga tashrif buyurib, otaxon bilan dildan suhbat qurdi.
Mamadi ota o‘zining hayot yo‘llari va urush yillaridagi xizmatlari haqida yig‘ilganlarga so‘zlab berdi. Bugungi dorilomon kunlarning bebaho ne’mati bo‘lgan tinchlikni qadri beqiyos ekanligini bot-bot ta’kidladi.
- Urush boshlangach, ko‘pchilik yurtdoshlarim qatori men ham front
ortida xizmat qildim. U yerda ko‘p qiyinchiliklarni boshdan kechirdik. Urush tufayli qanchadan-qancha insonlar ko‘z o‘ngimda halok bo‘ldi. Ilohim, xalqimiz hyech qachon urush ko‘rmasin. Bugungi dorilamon kunlar bardavom bo‘lsin, — dedi Mamadi ota.
Shohsulton To‘xtamatov,
Jurnalist.