Gap shu haqda ketar ekan, keyingi yillarda xalqimizning siyosiy madaniyati oshgani, jamiyatdagi islohotlarga daxldorlik hissi yuksalganini alohida ta'kidlash o'rinli bo'ladi. Bu jihatlar Prezident saylovi kampaniyasi vaqtida fuqarolarning siyosiy jarayonga katta qiziqish bildirayotgan, ayniqsa, yoshlarimiz faollik ko'rsatayotganida ham ko'zga tashlanadi.

Jumladan, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari ham Prezident sayloviga qizg'in hozirlik ko'rmoqda. Saylov kampaniyasi boshlangandan buyon talabalarimiz o'zaro muhokamalar chog'ida nomzodlarning saylovoldi dasturlari bilan tanishib chiqqanini, saylovga oid huquqlarini to'liq anglab etganini sezish qiyin emas.

Shu ma'noda, mamlakatda “Bir saylovchi – bir ovoz” tamoyili keng ommalashmoqda. O'z navbatida, saylov kuni tobora yaqinlashib kelar ekan “Men nima uchun ovoz beraman”, degan savol ko'pchilikni qiziqtirishi tabiiy.

Aminmizki, bu savolga saylovchi fuqarolarimizning javobi aniq: har birimiz hayotimiz farovonligini, bugungi hayotimiz ertaga yanada yaxshi bo'lishi, bu – bizning to'g'ri tanlovimizga bog'liq. Zero, kelajak uchun berilgan ovoz hamisha o'z aks-sadosini bergan.

Shunday ekan, 24 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan Prezident saylovida men shaxsan o'zim ovoz beraman va munosib deb bilgan nomzodni tanlayman.

SHavkat MIRZAQULOV,

O'zDJTSU Milliy Kurash turlari

nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri