“Ertugrul-construction” MCHJ taʼsischiligidagi 18-lot binosining tamal toshini qoʻyish tadbirida “Bukhara City” direksiyasi rahbariyati va mutasaddilari, loyiha tashabbuskorlari hamda quruvchi-pudratchi tashkilot vakillari ishtirok etdilar.

Shuningdek, mutasaddilar va investor bilan navbatdagi muloqotda “Bukhara City” majmuasidagi lotlar qurilish jarayonlari bilan tanishib, bu borada amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar hamda loyihaning oʻz vaqtida va mukammal darajada yakunlanishi boʻyicha fikrlashib oldilar.

Maʼlumot oʻrnida, Umumiy qurilish maydoni 6 ming 501 kvadratni tashkil etgan 18 lot 7 qavatdan iborat boʻlib, pastgi qavatlari savdo-maishiy, yuqori qismi esa aholi istiqomat qilishiga moʻljallangan, deb yozmoqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati.