Ayni kunda qardosh davlatning masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “ENLIL Yapi Danışmanlık A.Ş.” qurilish-pudrat korxonasi binokorlari tomonidan inshootning 5-qavati qurilishi boshlandi.

Zamon talabiga mos, qolaversa, “4 yulduzli” maqomiga xos barpo qilinayotgan va bir paytda 150 nafar mehmonga namunali xizmat koʻrsatiladigan shinam mehmonxona bunyodkorligini shu yil yakuniga qadar nihoyasiga yetkazish koʻzda tutilgan. Eslatib oʻtish joizki, bu viloyat markazidagi zamonaviy kentda qad rostlayotgan ikkinchi koʻp qavatli inshootdir.