Qayd etilishicha, olib borilgan oʻrganishlarda ijtimoiy tarmoqlarda bir necha yuz minglab kuzatuvchilariga ega boʻlgan blogerlar oʻzlariga tegishli sahifalarda bukmekerlik xizmatlarini reklama qilayotgan holatlari kuzatilgan.
Xususan, “Melbet” bukmekerlik tovar belgisidan foydalangan, shuningdek qimor oʻyinlarini targʻib qiluvchi sahna koʻrinishlari orqali joylashtirilgan video-roliklar quyidagi shaxslarga tegishli ekanligi aniqlandi:
- fuqaro Shodiyev Jasurbek Gʻulomjon oʻgʻli (jasjannew);
- fuqaro Normamatov Dadabek Baxrom oʻgʻli (allme. uz);
- fuqaro Raxmatov Sherxon Lutfullo oʻgʻli (sherxon.zdss);
- fuqaro Xasanboyev Xojiakbar Zulxaydar oʻgʻli (hojiakbar_ku).
Yuqoridagi holatlar yuzasidan Raqobat qoʻmitasi tomonidan blogerlar belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortilib, tegishli hujjatlar sudga yuborildi.
Eslatib oʻtamiz: Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida“gi Qonuniga koʻra, mamlakat hududida qimor oʻyinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni reklama qilish taqiqlanadi. Bunday faoliyatni reklama qilish tegishli javobgarlikka sabab boʻladi.








