Reklamaga oid qonunbuzilishlarga nisbatan tezkor choralar koʻrish maqsadida Tegishli tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.
Bunda, bukmekerlik xizmatlariga oid reklamani targʻib qiluvchi veb-saytlarga kirishni cheklash (bloklash) choralari koʻrilmoqda.
Xususan, joriy yilning oʻtgan vaqtida amalga oshirilgan ishlar natijasida bukmekerlik xizmatlarni targʻib qiluvchi 86 ta veb-saytni bloklash boʻyicha Tegishli nazorat organiga maʼlumotlar kiritilib, shundan 70 ga yaqin saytlar belgilangan tartibda bloklangan.
Oʻzbekiston Respublikasi «Reklama toʻgʻrisida«gi Qonunining 46-moddasiga muvofiq, Qimor oʻyinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar reklamasi taqiqlanadi.