Bulungʻur tumanidagi 1-kasb-hunar maktabi negizida zamonaviy koʻrinishga ega oʻquv maskani tashkil etildi

    Ta'lim 25 Yanvar 2021 2644

    Maskanning ochilish marosimida tuman hokimligi, viloyat bandlik bosh boshqarmasi rahbarlari, tegishli korxona va tashkilot vakillari ishtirok etdi.

    Ushbu oʻquv maskanida tikuvchilik, kompyuter savodxonligi va uy xoʻjaligi xizmatchisi (mehmonxona) yoʻnalishlari mavjud boʻlib, bu oʻquv kurslariga tumandagi ishsiz va band boʻlmagan 50 nafar fuqaro jalb qilindi. Kelgusida yana yangi oʻquv kurslari ochish rejalashtirilgan.

    Qisqa muddatli oʻquv kurslariga jalb qilingan fuqarolar bepul kasb-hunar oʻrgatiladi va ularga oʻqigan davri uchun stipendiya toʻlab beriladi.