Toshkent viloyatining Burchmulla qishlog‘i yaqinidagi Ko‘ksu tog‘ daryosi aks etgan surat 61 mingdan ortiq materiallar orasida Wiki Loves Earth 2023 tanlovining eng yaxshilari qatoridan joy oldi.
Surat muallifi — mashhur sayohatchi-bloger, fotograf Marat Najibayev (uning Instagram'dagi sahifasida O‘zbekiston tabiati naqadar go‘zal ekaniga amin bo‘lasiz).
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Surxondaryoning Jarqo‘rg‘on tumanida olingan surat National Geographic jurnali talqiniga ko‘ra yil fotosuratlaridan biri deb tan olingan edi.