Bu esa kasallik hali ortga chekinmagani, shu sababli COVID-19ning ogʻir asoratlaridan himoyalanish uchun virusga qarshi toʻliq bosqchilarda vaksina olish, ayniqsa, buster doza bilan emlanish zarurligini koʻrsatadi.
Xoʻsh, buster doza oʻzi nima?
Buster doza — toʻliq emlangan fuqarolarning kasallikka qarshi immunitetini yanada mustahkamlash uchun qayta olinadigan vaksina dozasidir.
Buster doza bilan kimlar emlanadi?
Koronavirus infeksiyasiga qarshi immunitetni oshirish maqsadida toʻliq vaksina kursini olgan fuqarolar (2 yoki 3 marotaba emlanganlar) buster doza bilan ixtiyoriy emlanadi.
Toʻliq bosqichda emlanganlar buster dozani qachon oladi?
Fuqarolar toʻliq vaksina kursini olganiga 6 oy va undan ortiq vaqt oʻtgandan soʻng buster doza bilan emlanishi mumkin.
Buster doza turi avval olingan vaksina bilan bir xil boʻlishi kerakmi?
Yoʻq. Buster dozani vaksinaning har qanday turidan foydalangan holda olish mumkin.
Buster doza bilan takroriy emlanish mumkinmi?
Albatta. Bu borada JSST koronavirusga qarshi takroriy ravishda buster doza bilan emlanishi zarur boʻlgan aholi qatlami roʻyxatini eʼlon qilgan. Unga koʻra, homilador ayollar, immuniteti zaif kishilar, qator surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar, keksa yoshli insonlar, shifokorlar kuchaytiruvchi dozada takroriy vaksinalar olishi maqsadga muvofiq.