Butunjahon karate federatsiyasi prezidenti Toshkentda

    Shu yilning 16-20-dekabr kunlari Toshkent karate WKF boʻyicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi

    Kecha mazkur musobaqaning faxriy mehmonlari – Butunjahon karate federatsiyasi prezidenti Antonio Espinos hamda Osiyo karate federatsiyasi prezidenti, general-mayor Nasir Al Razuqi poytaxtimizga tashrif buyurdi.

    Martabali mehmonlarni MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Rashid Talipov boshchiligidagi Oʻzbekiston karate federatsiyasi mutasaddilari kutib olishdi.

    Rejaga koʻra, musobaqa boshlangunga qadar rasmiylar bilan yurtimizda karate sporti rivojini yangi bosqichga olib chiqish va uning ommaviyligini yanada oshirish, Osiyo chempionatiga tayyorgarlik kabi mavzularda bir qator uchrashuvlar tashkil etilishi koʻzda tutilgan.