1 iyun` kuni fuqaro A.S. IIBga murojaat qilib, unda 08 may kuni noma'lum shaxs "Telegram" ijtimoiy tarmog'i orqali “Botirxon Imomxo'jaev” nomli botda 5 yil muddatga 10 million so'mdan 50 million so'mgacha onlayn kredit berishi haqida yolg'on xabar berib, uning ishonchiga kirib, 28 million so'm kredit olishi uchun oldindan 5 % ya'ni 1 400 000 so'm miqdoridagi pullarini plastik kartasi orqali botning karta hisobiga o'tkazdirib, firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritganligini ma'lum qilgan.

Holat yuzasidan Buvayda tuman IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi ko'zg'atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni S.U. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari davom etmoqda.

eslatib o'tamiz, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin. 

Farg'ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi fuqarolarimizni firibgarlar tuzog'iga tushib qolmasliklari uchun kredit olish masalalarida rasmiy banklarga murojaat qilishlarini so'rab qoladi.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati