Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Fargʻona viloyati, Buvayda tumanida yashovchi 21 yoshli M.M. sodir etganligi aniqlandi.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan M.M., J.J.ga oʻzini “Telegram” messenjeridagi “Telefon Bozor” guruhining admini sifatida tanishtirgan holda, 2.000.000 soʻm boshlangʻich toʻlov evaziga qolgan pulini 6 oyga 166.000 soʻmdan boʻlib toʻlashga berishini aytib, J.J.ning bank kartasidan 2.000.000 soʻm pullarni oʻtkazdirib olib, qora roʻyxatga kiritib qoʻyganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan M.M.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, u bilan oʻtkazilgan “Soʻrov” tezkor-qidiruv tadbiri davomida oʻz aybiga iqror boʻlib, yetkazilgan moddiy zarar toʻliq qoplandi.
Qonunga muvofiq, mazkur jinoiy harakatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan. Bu haqida Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.