U buvisi va togʻasining uyida 40 ming dollar va 6-7 turdagi taxminiy bahosi 10 ming dollarlik tilla taqinchoqlar borligini bilar edi. Buvisi bilan oʻzining oilasi oʻrtasida kelishmovchilik borligi sababli, ushbu pullar va qimmatbaho buyumlarni qoʻlga kiritish orqali undan qasd olishni oʻylaydi.
Buning uchun esa tanishi A.ga buvisining uyiga bosqinchilik uyushtirishni buyurtma qiladi. Aytilgan pul va qimmatbaho boyliklarni olib chiqsa, ishni tugatganidan soʻng tanishiga jinoiy yoʻl bilan qoʻlga kiritilgan pullardan 10 ming dollar berishni vaʼda qilgan.
Qabih niyatli ayol “yollanma bosqinchi”ga uyning ichki tuzilishini chizib bergan. Oʻzi bilan birga buvisining manziliga olib borib, uzoqdan kirish darvozasi va uyning tuzilishini tushuntirgan. Shu tarzda kelgusida sodir etilishi kerak boʻlgan jinoiy rejani tuzib bergan.
Holat toʻgʻrisida olingan tezkor maʼlumotga asosan, 2020-yil 3-oktyabr kuni DXX viloyat boshqarmasi va Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB JQB xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilib, B. hamda “yollanma bosqinchi” takroriy uchrashgan vaqtida qoʻlga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.