Muloqot chog'ida Abdulaziz Buxoriy O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil avgust oyida Saudiya Arabistoniga amalga oshirgan tashrifi bu mamlakatda yashayotgan Buxoriylar diasporasini juda quvontirganini alohida ta'kidladi.
Suhbatdoshning fikricha, oliy darajadagi mazkur tashrif davomida erishilgan kelishuvlar ikki tomonlama aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga shubha yo'q.
“Xususan, yaqin kunlarda ikki davlat o'rtasida muntazam havo qatnovlarining yo'lga qo'yilishi va saudiyaliklar uchun vizasiz tartibning joriy etilishi Saudiya Arabistonida yashayotgan o'zbeklarning tarixiy Vataniga yanada yaqinlashishi yo'lidagi muhim qadam bo'ldi”, dedi A.Buxoriy.
U kelgusi yilning yanvar` oyidan boshlab barcha saudiyaliklar uchun O'zbekistonga 30 kunga vizasiz borish imkoniyati yaratilgani uchun barcha vatandoshlar nomidan O'zbekiston hukumatiga o'z minnatdorligini bildirdi, deyiladi "Dunyo" xabarida.