Bugun, 7-iyun kuni “Turkish airlanes” aviakompaniyasiga tegishli Airbus A-321 NEO samolyoti Buxoro-Istanbul yoʻnalishida birinchi muntazam aviaqatnovini amalga oshirib, Buxoro xalqaro aeroportiga qoʻndi.

Shu munosabat bilan aeroportda tantanali tadbir tashkil etildi. Tadbirda Turkiyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi, “Turkish airlines” aviakompaniyasi vitse-prezidenti, “Oʻzaviatsiya” agentligi boshligʻi Tohir Nazarov va boshqa yuksak martabali mehmonlar ishtirok etishdi.

Ushbu yoʻnalishda qatnovlar Buxorodan haftaning chorshanba va yakshanba kunlari, Istanbuldan seshanba va shanba kunlari Airbus A-321 NEO samolyotlarida amalga oshiriladi.