Festival tashkiliy qoʻmitasidan olingan maʼlumotlarga koʻra, mazkur anjumanda 50 mamlakatdan 150 nafardan ortiq zardoʻzlik va zargarlik sanʼati vakillarining ishtirok etishi kutilmoqda.
Anjuman doirasida qadimiy shaharda “Anʼanaviy zardoʻzlik va zargarlik sanʼatini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkaziladi.
Shuningdek, festival doirasida turli spektakllar, taqdimotlar, koʻrgazma, teatrlashtirilgan tomoshalar, konsertlar va boshqa koʻngilchar, madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etiladi.
Xalqaro forumda ishtirok etish uchun www.zarfestival.uz veb-sayti orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin.