Hujjat Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov va Yaroslavl davlat pedagogika universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Mixail Vadimovich Gruzdev tomonidan imzolandi.

Memorandum ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ta’lim, ilm-fan va innovatsion faoliyat sohalaridagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan. Unga ko‘ra, professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik almashinuvi, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, xalqaro konferensiyalar, seminarlar va treninglar tashkil etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, tomonlar zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish, pedagogik ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish va ilmiy salohiyatni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.

Ta’kidlanishicha, mazkur memorandum Buxoro davlat pedagogika institutining xalqaro aloqalarini yanada kengaytirish, ta’lim jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish hamda akademik hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri hisoblanadi.

Hamkorlik materiali