Bugungi kunga kelib institutning Xalqaro Turkiya fakultetida talabalar tahsil olmoqda.

Joriy yilning 21-iyul kuni mazkur fakulʼtetning 40 nafar talabasi yozgi amaliyotni oʻtash uchun Anqara shahriga uchib ketdi. Safardan oldin talabalar bilan institut rektori Shuxrat Teshayev va rektor maslahatchisi Maʼruf Maxmudov talabalar bilan muloqot oʻtkazdi. Ularga qisqa vaqt boʻlsada, bu davlatda oʻtkazadigan amaliyot samarali oʻtishi kerakligini taʼkidladi.

Talabalar sal kam ikki oy davomida u erda boʻlib, nufuzli tibbiyot muassasalari, tibbiyot universitetlarida amaliy mashgʻulotlarda ishtirok etishadi. Malakali professorlarning mahorat darslarida ishtirok etishadi. Oʻylaymizki, bunday xalqaro hamkorlik aloqalari tibbiyot va taʼlimni rivojlantirishga ajoyib vosita boʻladi.