XV-XVII asrlarda Buxoro meʼmorchiligi maktabi (rivojlanish xususiyatlari va dinamikasi) kitobida XV–XVII asrlarda Buxoro vohasi va shahar meʼmorchiligining evolyutsiyasi va rivojlanish tamoyillari haqida qiziqarli maʼlumotlar asosida hikoya qilinadi.

Kitobda Buxoro meʼmorchiligining badiiy, topologik, konstruktiv va mahalliy xususiyatlari, shuningdek, Markaziy Osiyo va Oʻrta Sharqning boshqa mintaqalari meʼmorchiligi bilan oʻzaro taʼsiri ochib berilgan. Unda bir qator kam oʻrganilgan inshootlar va yangi maʼlumotlar ilk bora keltiriladi. Shuningdek, muallif kitobda tahliliy jadvallar keltirib, voha arxitekturasining tipologik, konstruktiv va dekorativ xususiyatlarini tizimlashtiradi.

Kitob mazmunini ochib berishda 300 dan ortiq rasm va chizmalardan foydalanilgan. Shuningdek, unda bir qator noyob va birinchi marta nashr etilgan tarixiy va arxiv materiallari mavjud.