Holat boʻyicha viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati maʼlumot berdi.
Tarmoqlarda tarqalgan xabarlar Buxoro shahar inspeksiyasi inspektorlari tomonidan oʻrganilganda haqiqatdan ham bogʻdagi daraxtlar qurib, qarovsiz qolganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan Buxoro shahar Obodonlashtirish boshqarmasi masʼul xodimiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 3-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 3 400 000 soʻm jarima belgilandi.