Internet narkodo‘konda “omborchi” va “kimyogar” bo‘lib ishlovchi, Jondor tumanilik 27 va 29 yoshli 2 nafar fuqaro viloyat markazidagi ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonda narkolaboratoriya tashkil qilib, sintetik giyohvandlik vositalari tayyorlash hamda sotish bilan shug‘ullanishgan.

Xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirish jarayonida ushbu manzildan umumiy og‘irligi 6 kg 650 gr bo‘lgan “spays” sintetik narkotik moddasi, SIM-kartalar, respiratorlar, qo‘lqoplar, zip paketlar, elektron tarozi va ko‘p miqdordagi tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ular tomonidan Kogon tumanidagi xufiyona joylarga kichik bo‘laklarda yashirib qo‘yilgan jami 4 kg 200 gr “spays” moddasi ham protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,273-moddasi va 276¹­­­-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.