Ko'zlari quvonchga to'la o'quvchilarni  Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova yangi o'quv yili bilan tabrikladi:

— Bugungi dunyo shiddat bilan o'zgarib bormoqda va bu sizdan ko'proq mehnat hamda harakatni talab qiladi. Siz bizning umidimiz, ta'lim esa kelajakka kiritayotgan eng katta investisiyamizdir. Umid qilamanki, bugun qarshimda turgan siz murg'ak qalblar ertaga yuzlab yoshlarga o'z muvafaqqiyat hikoyangizni so'zlab berasiz. Zafar yor bo'lsin.

Tadbirda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov va jamoatchilik vakillari so'zga chiqib, o'quvchilarni yangi o'quv yili bilan tabrikladi.