Unga koʻra bozor hududidan qadimgi noyob devoriy suratlar topildi.

Arxeologlar tomonidan qazilgan ikkinchi xandaqdan (Transheya II) devoriy rasmning maʼlum bir qismlari deb taxmin etilayotgan qoldiklar topilgan.
Tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, ushbu devoriy rasmlar qoldiqlari Varaxshadagi Buxorxudotlar saroyidan topilgan devoriy rasmlardan taxminan toʻrt asr oldin ishlangan.

Arxeologlarning yangi topilmalari faqat ushbu devoriy rasmlar bilan yakunlangani yoʻq.

Tadqiqotchilar noodatiy sirlangan yashil ot shaklidagi bolalar oʻyinchogʻini ham topishgan.

Keyingi yillarda ham ushbu hududda arxeologik qazilma ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.