Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar boʻlimi tomonidan DXXning viloyat boshqarmasi bilan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.U. boshqa bir fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, uni goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻlimiga ishga joylashtirib qoʻyish evaziga 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan DXX bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Z.X. boshqa bir fuqaro I.ning ishonchiga kirib, uni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tizimiga ishga kiritib qoʻyish evaziga 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.