Ijodiy safar davomida Buxoro viloyat qo'g'irchoq teatri jamoasi Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari xususan, "Registon" maydoni, "Go'ri Amir" maqbarasi hamda "Shohi Zinda" majmuasini ziyorat qilishdi. Shuningdek, Samarqand shahridagi 1-,59-,62-,67-, 31- va 77- umumta'lim maktablari o'quvchilari uchun rejissyor Munojat ergasheva tomonidan sahnalashtirilgan “Miyov xola uychasi” spektakli namoyish etildi.
Namoyishga kelgan bolajonlar ushbu namoyish ularda katta taassurot qoldirganini ta'kidlab, buxorolik ijodkorlarga rahmat aytishdi.