Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Elyor Oltiyev 2011-yil Toshkent pediatriya tibbiyot institutining bakalavriat bosqichini, 2017-yil Buxoro davlat tibbiyot institutining klinik ordinaturasini tamomlagan. Mehnat faoliyatini birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasida boshlagan.
Turli yillarda Buxoro viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasida bosh mutaxascis, boʻlim boshligʻi, Kogon shahar va Qorakoʻl tuman tibbiyot birlashmalari boshligʻi, shuningdek Bolalar milliy tibbiyot markazi direktorining hududlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari, Sogʻliqni saqlash vazirligida boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, boʻlim boshligʻi kabi qator masʼul lavozimlarda ishlagan.
Tayinlovga qadar u Milliy tibbiyot markazi direktorining hududlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari sifatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi.