Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.R. boshqa bir fuqaro D.ning ishonchiga kirib, oʻgʻlining nomida boʻlgan “H.O.” fermer xoʻjaligiga tegishli boʻlgan 7,5 gektar yer maydonini tanishlari orqali nomiga rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, evaziga 84 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.