Unda O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligini halol sertifikati berish bo‘yicha rasmiy organ sifatida akkreditatsiyadan o‘tkazish va bu borada Malayziyaning ilg‘or tajribasini joriy etish yuzasidan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Malayziya Islom taraqqiyoti departamenti (JAKIM) sinov laboratoriyalarini akkreditatsiya qiluvchi (“HALAL” sertifikatini beruvchi) va ularning faoliyatini sertifikatlovchi davlat organi hisoblanadi. JAKIM tarkibida “Latihan Islam” instituti tashkil etilgan. Institut sinov laboratoriyalari xodimlari uchun ISO standartlari va “Halal” sertifikatlash tizimini joriy etish bo‘yicha malaka oshirish kurslarini tashkil qiladi.
Bugungi kunga qadar JAKIM sertifikatlari Malayziyada tan olingan dunyoning 46 davlatining milliy sertifikatlashtirish organlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Muzokaralar davomida Malayziya tomoniga O‘zbekistonda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalarida amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, standartlardan keng foydalanish uchun muhit yaratish, shuningdek, muvofiqlikni baholash jarayonlariga zamonaviy usullarni joriy etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tabirlar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Malayziya tomoni O‘zbekistonlik sheriklar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishdan, shuningdek, Buxoro viloyatida Halol sertifikatlashtirishni amalga oshirish bo‘yicha mutaxassislar markazini («Centre of Excellence») ochish taklifini ko‘rib chiqishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha JAKIM Islom taraqqiyoti departamentiga O‘zbekistonning rasmiy arizasini topshirish va Malayziya tomoni bilan birgalikda Halol sertifikatlashtirishni amalga oshirish bo‘yicha mutaxassislar markazi («Centre of Excellence») tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.