“Oʻzenergoinspeksiya” Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Qorakoʻl tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Z. H. ga qarashli xonadonda mayning qurilmalarni elektr hisoblagichdan tashqari taqmoqqa toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra elektr taʼminoti korxonasiga 1 mlrd 271 mln soʻmlik zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.