Unda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi davlat gelogiya va mineral resurslar qo‘mitasi hamda AT “Aloqabank” rahbar va mutaxassislari ishtirok etishdi.
Unda umumiy qiymati 300 mln. dollar bo‘lgan investitsiya loyihasini amalga oshirish, geologiya razvedka ishlarini olib borish, korxonaning texnik va texnologik jihatlari muhokama qilindi.
Ta’kidlanishicha, yangi sement zavodi tumanning Jongeldi MFYda barpo etiladi. Loyiha 2022 yilning IV-choragida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Korxona ishga tushurilgach, bu yerda 2500 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Mazkur loyiha tuman iqtisodiyoti uchun muhim hisoblanadi.
Uchrashuv davomida yangi sement zavod faoliyati uchun kerakli xom-ashyo bilan ta’minlash maqsadida auksionda ishtirok etish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish, energiya tejamkor uskunalar harid qilish bo‘yicha so‘z yuritildi.
Ma’lumot uchun, Peshko‘ tumani iqtisodiyotini rivojlantirish, hududda qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida “Kometa JR” MChJda yog‘och-qirindili plitalar (DSP) ishlab chiqarish loyihasi ham amalga oshiriladi. Loyihaning umumiy qiymati 31 mlrd. so‘m bo‘lib, yiliga 30 ming metr kub DSP mahsulotlari ishlab chiqariladi. Muhimi 100 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.