Dastlabki maʼlumotlarga koʻra yoʻlovchining qoʻl yuklari bojxona xodimlari tomonidan xolislar ishtirokida tekshirilganda “40 pora” qiymatdagi qizil metalldan zarb qilingan tanga borligi aniqlanib, ushlab qolingan.
Buxoro viloyat Madaniy meros boshqarmasi badiiy ekspertiza boʻlimi xodimlari tomonidan tanga badiiy ekspertizadan oʻtkazildi. Oʻrganishlar davomida maʼlum boʻldiki “40 pora” qiymatdagi qizil misdan zarb qilingan tanga Usmoniylar sulolasi sultoni Sulton Abdulmajid I hukmronligi davriga tegishli tanga boʻlib, 1839-yilda Konstantinopolda zarb qilingan.
Tanganing old tomonida tanga zarb qilingan sana hamda “Mahmudxon bin Abdulhamid Muzaffarning gʻalabasi sharafli boʻlsin” yozuvi tushirilgan.
Maʼlumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-martdagi “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”gi nizomiga koʻra tangani Buxoro davlat-muzeyi qoʻriqxonasiga topshirish tavsiya etildi.