Buxoroda 2 ta yirik shamol elektr stansiyasi quriladi

    Energetika 27 Aprel 2023 2281

    Mazkur stansiyalarda umumiy quvvati 1 GVt boʻlgan 158 ta shamol turbinalari oʻrnatish orqali yiliga 3,6 milliard kVt∙soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

    Buxoro viloyatining Gʻijduvon va Peshku tumanlarida 2 ta yirik shamol elektr stansiyasini qurish loyihalarini amalga oshirish doirasida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida 174 million AQSH dollari miqdorida zayom bitimlari imzolandi.

    Mazkur stansiyalarda umumiy quvvati 1 GVt boʻlgan 158 ta shamol turbinalari oʻrnatish orqali yiliga 3,6 milliard kVt∙soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Ushbu stansiyalar ishga tushirilgandan soʻng Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik shamol energiyasi loyihasiga aylanadi.

    Bu haqda Energetika vazirligining Matbuot xizmati xabar qildi.

    Maʼlumot uchun: 2 ta shamol elektr stansiyasining ishga tushirilishi natijasida yiliga 1, 1 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishiga va atmosferaga 1 mln tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinishiga erishiladi.

    Mazkur elektr stansiyalar 2024-yil yakunida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.