Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Holat ekologik qonun buzilishlarini oldini olish maqsadida inspektorlar tomonidan viloyat hududi boʻylab olib borilayotgan tungi va kunduzgi nazorat reyd tadbirlari natijasida aniqlangan.
Qayd etilishicha, Olot tumani Qirtay mahallasida fuqaro J.T. 24 tup jiyda daraxtini oʻzboshimchalik bilan ekskavator yordamida qoʻporib tashlagan. Ushbu huquqbuzarlik natijasida tabiatga 189 520 000 soʻm zarar yetgan.
Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan birlamchi xujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirilgan.








