Bosh prokuratura tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida Romitan tumanida oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida, hududda joylashgan 5 ta arxeologiya yodgorligiga turli sabablarga koʻra jami 291,4 mlrd soʻmlik jiddiy shikast yetkazilgani aniqlandi.
Xususan, noqonuniy qazish va buzish ishlari olib borilgani sababli, oʻrta asrlarga oid “Tepa 9» arxeologiya merosi obyektiga 269,6 mlrd soʻmlik, “Qalai Mullabektepa” yodgorligiga 19,7 mlrd soʻmlik, “Amirtepa” yodgorligiga 1,1 mlrd soʻmlik, “Xoʻja Haqqitepa” yodgorligiga 832 mln soʻmlik va “Tepa-5» yodgorligiga 202 mln. soʻmlik zarar yetkazilgan.
Buxoro viloyat prokuraturasi xabariga koʻra, aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.