Berilgan imtiyozlardan oqilona foydalangan buxorolik tadbirkorlar tomonidan joylashtirish vositalari tashkil etilishi evaziga bugungi kunda viloyatda jami joylashtirish vositalari soni 427 taga (xona soni 4699 ta, oʻrin soni 10795 ta) yetdi.

Olib borilgan targʻibot tadbirlari natijasida 2022-yilning 1-choragidayoq 7 ta oilaviy mehmon uyi va 4 ta xostel oʻz faoliyatini boshladi.

Boshqarma tomonidan mehmon uylari va xostellar egalariga “Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestridan koʻchirma” lar berildi. Bu haqida Buxoro viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi xabar bermoqda.