Shartnoma yuzasidan qarzdorliklarni undirishda amaliy yordam soʻrab Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.
Murojaatni koʻrib chiqish davomida qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan Kogon shahri, Kogon, Vobkent hamda Romitan tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimining 4 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 43-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnoma tuzilib, jarima jazosi qoʻllanildi.
Shuningdek, Buxoro shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan 93.693.696 soʻm, Jondor tuman boʻlimi tomonidan 804.775 soʻm va Romitan tuman boʻlimi tomonidan 4.570.585 soʻm jami 99.069.056 soʻm shartnomaga asosan toʻlab berilmagan qarzdorliklar undirilishi taʼminlandi.