Qayd etilishicha, Qorakoʻl tuman boʻlimi xodimlari tomonidan joriy yilning 14-15-yanvar kunlari oʻtkazilgan nazorat reyd tadbiri davomida, Qorakoʻl tumanida yashovchi 4 nafar huquqbuzar choʻl hududidan choʻl oʻsimligini olib kelayotganida inspektorlar tomonidan aniqlandi.
Holat yuzasidan 4 nafar huquqbuzar fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ularning har biriga 9 375 000 soʻmdan jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi.