баннер
30 Mar 2025
06:43

    Buxoroda davlat zaxirasidagi yerni sotmoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida noqonuniy yer maydonlarining oldi-sotdisining oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar A.F. va K.D. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) oʻzaro til biriktirib, fuqaro N.I.ga “Oʻtror” aholi punktidagi davlat zaxirasida boʻlgan 10 sotix yer maydonini goʻyoki A.F.ga tegishli ekanligini, ushbu yer maydonini tanishlari yordamida 37 000 AQSH dollari evaziga hujjatlarini rasmiylashtirib olib berishini aytib, shundan 30 100 AQSH dollarini A.F. olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech