Mazkur preparat Buxoro shahrida soʻngi marotaba 9-iyul kuni 40 ming soʻmdan 55 ming soʻmgacha sotilgan. Buxoro, Kogon shahri, Jondor va Peshku tumanlarida soʻngi marta 13-iyul kuni 45 ming soʻmdan 48 ming soʻmgacha xarid qilingan.

Gʻijduvon, Shofirkon, Romitan tumanlarida oʻrtacha 42 ming soʻmdan 50 ming soʻmgacha sotilgan. Viloyatning Olot, Qorakoʻl tumani aholisi uchun mazkur dori soʻngi marotaba 10-iyul kuni 44 ming soʻmdan 48 ming soʻmgacha sotilgan.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda virusga qarshi samarali vosita hisoblangan «Ergoferon» dorisi Buxoro viloyati hududlaridagi dorixonalarining birortasida qolmagan. Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi yana boshqa viloyatlar kesimida vaziyatni oʻrganishda davom etadi.

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi

Matbuot xizmati

Maʼlumot uchun:

ERGOFERON – taʼsir etuvchi (faol) modda sifatida odam gamma interferoniga affin tozalangan antitelalar – 0,006 g, gistaminga affin tozalangan antitelalar – 0,006 g, CD4 ga affin tozalangan antitelalar – 0,006 g saqlaydi.

Ergoferonning farmakologik faolligi viruslarga qarshi, immunomodulyatorlik, gistaminga qarshi, yalligʻlanishga qarshi xususiyatlari bilan ifodalanadi.

Virusli infeksion kasalliklarda: A grippi va V grippi, oʻtkir respirator virusli infeksiyalar (paragripp, adenoviruslar, respirator-sinsitial viruslar, koronaviruslar chaqirgan), gerpesvirusli infeksiyalar (labial gerpes, oftalmogerpes, genital gerpes, oʻrab oluvchi gerpes, suvchechak, infeksion mononukleoz), virusli etiologiyali oʻtkir ichak infeksiyalari (kalitsiviruslar, koronaviruslar, rotaviruslar, enteroviruslar chaqirgan), enterovirusli va meningokokkli meningitlar, buyrak sindromi bilan kechuvchi gemorragik isitma, kana ensefalitida Ergoferon komponentlarini qoʻllash samaradorligi eksperimental va klinik jihatdan tasdiqlangan.

Ushbu dori preparati Rossiyaning “NPF «MATERIA MEDIKA XOLDING” MCHJ korxonasi nomidan Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan. Xuddi shu tarkibga ega boshqa dori vositalari Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan.