SHu qatorda qadim shahrimizda ham xorijiy sayyohlarni munosib kutib oladigan bir qator zamonaviy mehmonxonalar barpo etilmoqda. Buxoro shahridagi I.Karimov ko'chasida “1001 nights”(Ming bir kecha) MCHJ tomonidan barpo etilayotgan 110 xonaga ega, 4 yulduzli mehmonxona qad rostlayapti.
Mazkur mehmonxonaning qurilish ishlari joriy yilning yanvar` oyida boshlangan bo'lib, uning umumiy loyiha qiymati 4.6 mln AQSH dollariga teng.
Bu erda: 110 ta xona, Spa, Basseyn, Fitnes zal, Yoga uchun mo'ljallangan zal, "Buxorocha" hammom, "Halol" restoran, Umumiy Restoran, 270 va 400 kishiga mo'ljallangan 2 ta konferentsiya zallari qurilishi ko'zda tutilgan.



Mehmonxonaning qurilish ishlari 2021 yilning dekabr` oyida yakunlanishi rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi PQ-4095-sonli “O'zbekiston Respublikasida turizm tarmog'ini jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarorida belgilangan 3 va 4 yulduzli mehmonxona qurib foydalanishga topshirgan tadbirkor-investorlarga O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan beriladigan subsidiya mablag'lariga egalik qilish istagi bildirilgan.
Buxoro viloyati turizmni rivojlantirish departamenti
Matbuot xizmati