Dastlabki oʻquv yilida Buxorodagi Prezident maktabiga 5 ming 767 nafar oʻquvchi yoshlarning arizalari kelib tushgan.

Test sinovlarini yurtimizda hukm surayotgan pandemiya tartib-qoidalariga amal qilgan holda “Dilkusho” tennis markazida, ochiq havoda oʻtkazish uchun zarur chora-tadbir koʻrilib, bir paytning oʻzida 1 ming 440 nafar oʻquvchini qabul qilish imkoniyati yaratildi.

Taʼkidlash joizki, nufuzli maktabda oʻqish istagida boʻlgan oʻgʻil-qizlarni test imtihoniga kirishlari, sinov jarayonini yuqori darajada oʻtkazilishi bilan bogʻliq jarayon shu yilning 23-24-iyul kunlari ular ishtirokida tashkillashtirilgan shartli test imtihoni mashgʻuloti (repetitsiya)da shakllantirilgan. Mazkur shartli test sinovlarida 5 ming 500 nafardan ortiq daʼvogar oʻquvchi ishtirok etgan. Test sinovlarini yuqori darajada adolatli va shaffof oʻtishini taʼminlash uchun barcha shart-sharoit yaratilgan.

Tashkilotchilarning maʼlumotlariga koʻra, dastlabki sinov natijalari avgust oyining oʻrtalarida eʼlon qilinishi koʻzda tutilgan. Ikkinchi bosqich sinovlari 20-avgustdan 25-avgustga qadar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Bugun kunning birinchi yarmida oʻtkazilgan test sinovlarida 1 ming 390 nafar talabgorlar test sinovlarida ishtirok etdi, deya xabar beradi Viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Eslatib oʻtamiz, test sinovlari ertaga, 27-iyul kuni ham davom ettiriladi.