Buxoroda har hafta oʻzbek kinosi namoyish etiladi

    Film namoyishida universitetning 200 dan ortiq talaba yoshlari va oʻqituvchilari qatnashdilar.

    Kinematografiya agentligi Buxoro viloyat hududiy boʻlimi tomonidan Buxoro Davlat Universiteti talablariga rejissyor Akrom Shohnazarovning “101 reys” nomli badiiy filmi namoyish qilindi.

    Film namoyishida universitetning 200 dan ortiq talaba yoshlari va oʻqituvchilari qatnashdilar. Doimiy ravishda har haftada universitetda boʻlib oʻtadigan maʼnaviyat soatlarida kinonamoyishlar oʻtkazilishi rejalashtirildi.

    “Ajoyib filmdan bahramand boʻldik. Endilikda har hafta mana shunday filmlar namoyishi tashkil etilar ekan. Bu esa biz yoshlarga madanaiy hordiq boʻlishi bilan birga, maʼnaviy ozuqa ham bera oladi deb hisoblayman.” – deydi universitet talabalaridan biri.