Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Olot” chegara bojxona postiga qoʻshni mamlakatdan kirib kelgan yuk avtomashinasi belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, avtomashinada yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan va umumiy qiymati 1 mlrd. 800 mln. soʻmlik turli xildagi kiyim-kechak tovarlari borligi aniqlandi.
Yana bir holatda mazkur postga qoʻshni davlatdan kirib kelgan yuk avtomashinasi belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilganidan ortiqcha boʻlgan, 19 nomdagi umumiy qiymati 1 mlrd. 066 mln. soʻmga teng boʻlgan avtomobil ehtiyot qismlari, uy-roʻzgʻor buyumlari va kiyim-kechak tovarlari borligi aniqlandi.
Navbatdagi holatda esa, qoʻshni mamlakatdan kirib kelgan yuk avtomashinasi bojxona xodimlari tomonidan bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, avtomashinada yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan 155 dona qiymati 336 mln. soʻmlik changyutgich borligi aniqlandi.